
Akademiya rektori 1-Talabalar turar joyini o‘rgandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Akademiya hududida joylashgan 1-Talabalar turar joyida bo‘ldi.
Tashrif davomida rektor Muzaffar Komilov yotoqxonadagi umumiy sharoitlar, qizlar xonasi, o‘quv va dam olish imkoniyatlari hamda oshxona bilan yaqindan tanishdi.
Rektor, avvalo, qizlar uchun ajratilgan xonalarni ko‘zdan kechirib, ularning qulayligi, xavfsizlik talablariga javob berishi va sanitariya-gigiyena holatini o‘rgandi. U talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning taklif va mulohazalarini eshitdi.
Tashrif davomida Akademiya rahbariyati talabalarning ma’naviy va ijtimoiy hayotini yanada yaxshilash, ta’limdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yangi loyihalar ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. To‘garaklar faoliyatini bundan-da jonlantirish kerakligi qayd etildi.
O‘z navbatida talabalar Akademiya rektorining tashrifi va ularga bo‘lgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ular Akademiyada bilim olish va rivojlanish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishishga harakat qilishlarini ta’kidlashdi.
Rektor Muzaffar Komilov Akademiya mas'ullariga talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy topshiriqlar berdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyatining bunday tashabbuslari talabalarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir. Bu kabi tashriflar ta’lim muassasasidagi muhitni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish