
Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat”
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat” mavzusidagi seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Ushbu treninglardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib etish, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik, zo‘ravonlikka barham berishda o‘zaro tajriba almashish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va psixologlarning ko‘nikma va malakasini oshirishdan iborat.
Mazkur o‘quvlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Unda oliy taʼlim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, psixologlari ishtirok etmoqda.
Seminarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova, Oliy, fan va innovatsiyalar vaziri xotin-qizlar maslahat kengash raisi, psixolog Dildora Solixo‘jayeva kirish so‘zi bilan ochib berib, tinglovchilarga muvaffaqiyat tiladilar.
Bugungi o‘quvlar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari, malakali psixologlar, soha mutaxassislari tomonidan “Xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni takomillashtirish, buzgʻunchi va yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etish mexanizmlari, ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish masalalari”, “Jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi radikal qarashlar va ularning oldini olish yoʻllari”, “Islom dinining bagʻrikenglik tamoyillari”, “Islom manbalarida yot gʻoyalarga qarshi raddiyalar”, “Islom dinida xotin-qizlar maqomi” va shu kabi dolzarb mavzudagi ma’ruzalar tinglanadi.
Eslatib o‘tamiz, seminar-trening ertaga ham davom etadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish