
Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni
G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab adabiyot, maʼnaviyat, ilm-maʼrifat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Maqsad esa aniq, Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham fevral oyi “Navoiyxonlik oyligi” deb eʼlon qilingan bo‘lib, oylik doirasida navoiyshunos olimlar, atoqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
“Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni!” nomli navbatdagi maʼrifiy tadbirda taniqli adabiyotshunos, tasavvufshunos, tilshunos olim Sultonmurod Olim ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan jahon adabiyoti va tafakkuri tarixida o‘chmas iz qoldirgan Alisher Navoiyning serqirra ijtimoiy-siyosiy, ijodiy, ilmiy-maʼrifiy faoliyati, boy adabiy-badiiy merosi asrlar davomida yuksak insonparvarlik, vatanga sadoqat, adolat va ezgulik timsoli sifatida hamisha jahon ahli eʼtiborini tortib kelayotganligi taʼkidlandi.
Tadbir davomida Sultonmurod Olim, Hazrat Mir Alisher Navoiy o‘ta murakkab sharoitda milliy va umuminsoniy g‘oyalarni baland ko‘tarib maydonga chiqqanini, o‘zbek adabiy tiliga asos solib, uning o‘lmas ruhi, qudrati va latofatini har tomonlama isbotlab bergani chinakam maʼnaviy jasorat namunasi bo‘lganligini, Navoiy jahon adabiyoti mezonlariga, zamon va tarix sinovlariga to‘la javob beradigan durdona asarlar yaratib, nafaqat o‘zbek, balki barcha turkiy adabiyotlar rivojiga beqiyos hissa qo‘shgani ham yuksak hayrat va tahsinga munosib ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.






- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish