3

Yoshlar uchun muhim loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida “Yoshlarni xalqimizning oltin fondi” ekanini ta’kidlash asnosida yoshlarga ularning faolliklarini yanada qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etib o‘tgan edilar. Yig‘ilish davomida yosh avlodda milliy ruhiyatni shakllantirish, g‘oyaviy xurujlar va zararli axborotlardan asrash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Tarbiyasi og‘ir bolalarga alohida mehr-e’tibor ko‘rsatish, hayotda o‘rnini topishiga ko‘maklashish zarurligi aytildi. 

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Yurisprudensiya”, “Dinshunoslik” hamda “Psixologiya (Din sosiopsixologiyasi)” yo‘nalishi bir guruh faol talabalaridan iborat “Street Law” innovatsion volontyorlik guruhi tashkil etildi.  

Bugun Akademiyada Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti, “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasida tashkil etilgan “Street Law” innovatsion volontyorlik guruhi va “Huquqiy va axloq klinikasi”ning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Mazkur loyihalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari hamda professor-o‘qituvchilari tomonidan maktab o‘quvchilariga volontyorlik asosida ijtimoiy ma’naviy muhitni yaxshilash hamda kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni interaktiv usullar orqali targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalar hisoblanadi. 

Qayd etish joizki, “Street Law” innovatsion volontyorlik guruhi faoliyati natijalari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyda sinovdan o‘tkazildi. 

Bugungi kungacha huquqshunos, dinshunos va psixolog amaliyotchilardan tashkil topgan kichik guruhlar tomonidan “Huquq va axloq” klinikasi doirasida  14-20 yoshdagi o‘spirin yigit-qizlar uchun “Oliy ta’lim muassasalariga kirishning afzalliklari”, “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”, “Telefon va gadjetlardan foydalanish madaniyati”,  “Xorijiy tillarni o‘rganish zarurati”, “Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish va tarqatishning salbiy oqibatlari”, “Korrupsiya- kelajakka tahdid”,  “Yashil makon, yashil iqtisodiyot”, “Kibermakonda kiberxavfsizlik” kabi mavzularda sifatli, innovatsin taqdimotlar tayyorlanib o‘quvchilar hukmiga havola etildi.   

Volontyorlik guruhining maqsadi Yosh avlodning kundalik hayotida ularni qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish, ahamiyatsiz bo‘lib borayotgan axloqiy qarashlar va qadriyatlarga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirish, turli yot g`oya va qarashlar ta`siridan himoya qilish muammolariga yechim berish maqsadida inson huquqlari – bola huquqlari, erta turmush va uning salbiy oqibatlari, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlari, oliy ta`lim muassasalariga kirish va uning afzalliklari, korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish va uning tahdididan o‘zini muhofaza qilish, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olib kirish, saqlash va tarqatish atrof muhitni muhofaza qilish kabi mavzularni qamrab olib ushbu mavzular doirasidagi huquqiy bilimlarni interfaol ko'rinishda yetkazishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Shu nuqtai nazardan, ushbu dasturda nazarda tutilgan innovatsion volontyorlik guruhining turli rakurslardagi faoliyati mamlakatimiz yoshlarining huquqiy ongi va madaniyatini interfaol metodlar orqali rivojlantirish uchun hissa qo'shadi deb hisoblash mumkin.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish