2

Akademiya talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “To‘maris izdoshlari" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Akademiya Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakultetlarining talaba-qizlaridan tuzilgan terma jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.

Ishtirokchilar “Tanishtiruv”, “Milliy liboslar taqdimoti”, “Pazandalik mahorati” hamda “Ijodiy mahorat namoyishi” kabi shartlar bo‘yicha bellashishdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan maqsad – talaba-qizlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat, sadoqat ruhida tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, maʼnaviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, faolligi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishlariga ko‘maklashish va o‘zaro sog‘lom raqobatni shakllantirishdan iborat.

Ko‘rik-tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish