3

Xalqaro onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi

Bugun Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida xalqaro onlayn ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” va “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedralari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, professor Ashirbek Muminov “IRCICA tomonidan tarix va madaniyatga oid tadqiqotlar sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar” mavzusida ma’ruza qildi.

ZOOM dasturi orqali onlayn o‘tgan tadbirda IRCICA tomonidan tarix va madaniyatga oid tadqiqotlar sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Izoh qoldirish