2

Akademiya talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport tanlovi o‘tkazildi

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi sport maktabida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” milliy tanlovi Akademiya bosqichining sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bellashuvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini bosqichma-bosqich taʼminlash hamda Akademiyada talaba-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha ishlarning samarali tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Unda talaba-qizlar sportning arqon tortish, gimnastika, darts kabi turlari bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Feb
15
Yoshlar bilan ishlash
Biz giyohvandlikka qarshimiz
20:26
Feb
14
Yoshlar bilan ishlash
Olima ayol – jamiyat ko‘zgusi
14:26

Izoh qoldirish