3

Qonun ustuvorligini ta’minlashda yoshlarning o‘rni

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Qonun ustuvorligini ta’minlashda yoshlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filialining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, huquqshunos olima Aliya Yunusova mavzu bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur davra suhbati “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o'rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

Aliya Yunusova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bolalar ombudsmani lavozimlarida samarali mehnat faoliyati olib borgan.

Davra suhbatida keyingi yillarda yurtimizda qonunchilik sohasida amalga oshiriliyotgan islohotlar, bu jarayonda yoshlarning o‘rni haqida so‘z yuritildi. Yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki tobora ortib borayotgani qayd etildi.

Tadbir nihoyasida Aliya Yunusova tomonidan shaxsiy kutubxonasidagi kitoblar Akademiya Axborot-resurs markaziga taqdim etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish