![](https://iiau.uz/storage/d4/ba/d2/9144/conversions/37-large.jpg)
BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi vakillari Akademiyada mehmon bo‘ldi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining (UNFPA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili Nigina Abaszada boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuvda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi BMTning Aholishunoslik jamg‘armasinig Doimiy vakili o‘rinbosari Matlyuba Umurzakova, Jamg‘arma mutaxassisi Dilora Ganiyeva ham ishtirok etdi.
Mehmonlarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri Nigora Yusupova hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev kutib oldi.
Samimiy muloqotda Davronbek Maxsudov Nigina Abaszadani yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlik haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda UNFPAning 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan Mamlakat dasturi natijalarini ko‘rib chiqish hamda 2026-2030-yillar uchun yangi dastur loyihasining asosiy parametrlari muhokama qilindi.
Qayd etish kerakki, tashkilot hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilgan.
Jumladan, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmaning ishlab chiqilgani buning yorqin misolidir.
Mazkur kitobdan islomda gender tenglik mohiyati, ayol huquqlari va erkinliklariga doir islom konsepsiyasi, islom huquqida ayolning huquqiy maqomini tadqiq etishga bag‘ishlangan maqolalar o‘rin olgan. Mazkur kitob bu sohadagi ilk tadqiqot hisoblanadi.
Samimiy muloqot davomida Nigora Abaszada Akademiya bilan hamkorlik aloqalaridan mamnunligini ta’kidladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va UNFPA hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar, istiqboldagi rejalar haqida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari ko‘rsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
![](https://iiau.uz/images/2020/08/15/s-lotin__1191x842.jpg)
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
![](https://iiau.uz/img/logo_footer.png)
Izoh qoldirish