![](https://iiau.uz/storage/21/18/6d/9132/conversions/51-large.jpg)
Akademik litseyda STREET LAW innovatsion volontyorlik guruhi a’zolari bilan muloqot o‘tkazildi
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi akademik litseyida “Yurisprudensiya”, “Dinshunoslik” hamda “Din sotsiopsixologiyasi” yo‘nalishi 3-kurs talabalarining pedagogik amaliyoti o‘tkazilmoqda.
Bu yilgi pedagogik amaliyot talabalar uchun o‘zgacha ruh va kayfiyatda tashkil etilmoqda. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasida tashkil etilgan STREET LAW innovatsion volontyorlik guruhi faoliyati natijalari akademik litseyda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Bugun Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosevning akademik litseyga tashrifi davomida STREET LAW innovatsion volontyorlik guruhi a’zolari bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida guruh a’zolarining maqsad-rejalari tinglandi. Talabalar shu kunga qadar o‘quvchilar uchun o‘tkazgan taqdimotlari haqida ma’lumot berishdi.
Ayni paytgacha guruh a’zolari tomonidan “Huquq va axloq” klinikasi doirasida 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan maktab yoshidagi o‘spirin yigit-qizlar uchun “Oliy ta’lim muassasalariga kirishning afzalliklari”, “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”, “Telefon va gadjetlardan foydalanish madaniyati”, “Xorijiy tillarni o‘rganish zarurati”, “Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish va tarqatishning salbiy oqibatlari”, “Korrupsiya – kelajakka tahdid”, “Yashil makon”, “Yashil” iqtisodiyot”, “Kibermakonda kiberxavfsizlik” kabi mavzularda foydali taqdimotlar tayyorlanib, o‘quvchilar hukmiga havola etildi.
Samimiy muloqot davomida guruh a’zolarining kelgusidagi rejalari tinglanib, dekan Habibullo Sadibaqosev tomonidan zarur tavsiya va takliflar bildirildi.
![](https://iiau.uz/images/2020/08/15/s-lotin__1191x842.jpg)
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
![](https://iiau.uz/img/logo_footer.png)
Izoh qoldirish