![](https://iiau.uz/storage/d9/21/c3/9119/conversions/91-large.jpg)
Akademiyada “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Alfraganus universiteti, Toshkent shahridagi Webster universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti talabalari ishtirok etdi.
Bilim bellashuvi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tashkilotchilar so‘zga chiqib, keyingi yillarda “Zakovat” intellektual o‘yini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tobora ommalashib borayotganini e’tirof etishdi. Jamoalarga muvaffaqiyat tiladilar.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Faxrli 1-oʻrin Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Elita"” jamoasiga nasib etdi.
![](https://iiau.uz/images/2020/08/15/s-lotin__1191x842.jpg)
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
![](https://iiau.uz/img/logo_footer.png)
Izoh qoldirish