Akademiyada Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Majlisni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.
Yig‘ilishda Akademiyada o‘tgan yil davomida ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Kengash avvalida rektor Muzaffar Komilov ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bir qator ishlar amalga oshirilganini ta’kidlab, talaba-yoshlarni milliy tariximiz, xalqimizning buyuk an’analari va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kreativ tafakkurini shakllantirishda manzilli ishlash mas’uliyatini kuchaytirish, Akademiyada ma’naviy-ma’rifiy ishlar yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerakligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov Maʼnaviyat-maʼrifat Kengashining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti va 2025-yilda Kengash oldida turgan dolzarb vazifalar toʻgʻrisida axborot berdi.
Shuningdek, fakultetlar va kafedralarda 2024-yilda maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid rejalarning bajarilishi tahlili va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida fakultet dekanlarining hisoboti tinglandi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, Kengash kotibi Rahmatilla Gaipnazarov Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining 2025-yil uchun reja grafigini tasdiqlash va Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida ma’lumot berdi.
Talabalarning psixologik portretini shakllantirishda 2024/2025-oʻquv yili birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar tahlili natijalari toʻgʻrisida Akademiya psixologi Mirmuhsin Akramov so‘z yuritdi.
Bundan tashqari, xotin-qizlar bilan ishlashda 2024/2025-oʻquv yilining 1-yarmida amalga oshirilgan ishlar tahlili, faoliyatni yanada yaxshilash boʻyicha takliflar bo‘yicha Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Xotin-qizlar boʻlimi metodisti Nilufar Alibayeva ma’lumot berdi.
Majlisda talaba-yoshlarni milliy tariximiz, xalqimizning buyuk an’analari va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda tarbiyalash, Akademiya talabalarining psixologik portretini shakllantirish va bu bo‘yicha o‘rganishlar samaradorligini ilmiy asoslangan holda monitoring qilib borish kerakligi aytib o‘tildi.
Tadbir davomida Akademiya rektori talabalarni teatr yoki muzeylarga tashriflariga e’tibor qaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jonlantirish, talabalar bilan ishlashda manzilli rejalar tuzish, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini tubdan ko‘rib chiqish, sohada samaradorlik va natija bo‘lishi kerakligi haqida gapirib o‘tdi.
Sohadagi yutuqlar e’tirof etilgan holda, ma’naviy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish