1

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.

Majlisni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.

Ma’lumki, muntazam o‘tkaziladigan mazkur Kengash yig‘ilishida ortda qolgan davr mobaynida bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinadi.

Yig‘ilish avvalida Akademiya rektori Muzaffar Komilov joriy yilda ham bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, talabalarga o‘z sohasining yetuk, raqobatbardosh mutaxassis kadr bo‘lib yetishishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berish  ustuvor vazifa bo‘lishini qayd etdi. 

Shundan so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Akademiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili to‘g‘risida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov tomonidan axborot berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, «Ziyo» media markazi va Malaka oshirish markazining faoliyati natijalari va istiqbolli rejalar to‘g‘risida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov, Malaka oshirish markazi direktori Xusniddin Axmedovning hisobotlari tinglandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2024-yildagi moliyaviy hisoboti va 2025-yildagi byudjet hamda budjetdan tashqari mablag‘lar ko‘rsatkichlari to‘g‘risida Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov ma’lumot berdi.

Kengash majlisida Akademiya Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ashirali Abdirashidov Akademiya Kasaba uyushmasi a’zolariga qo‘mita tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili va kelgusidagi vazifalar xususida so‘z yuritdi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarni moddiy rag‘batlantirish komissiyasining 1-sonli yigʻilishi bayonnomasining ijrosi, Akademiya tadqiqotchilarining dissertatsiya mavzularini OAK Byullitenida e’lon qilish uchun tavsiya etish hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalar xususida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomovning hisoboti eshitildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi iqtidorli oʻquvchilarini “Rektor stipendiyasi” bilan taqdirlash toʻgʻrisida Akademik litsey ijrochi direktori Feruz Rashidov so‘z yuritdi.

Kengashda sohadagi shu kabi yutuqlar e’tirof etilgan holda, diniy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi. 

Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish