2

Akademiyada malaka oshirish o‘quv kurslari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazida joriy yilning 22-27-yanvar kunlari “Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari boyicha qo‘mita hamda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminarlarda tinglovchilar soha mutaxassislaridan turli mavzulardagi ma’ruzalarni tinglashdi.

Bugun mazkur o‘quvlarning yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Farida Yo‘ldosheva, Malaka oshirish markazi direktori Husniddin Axmedov hamda tinglovchilar ishtirok etishdi.

Akademiya rektori tadbirda so‘z olar ekan, bu kabi o‘quvlarni tashkil etishdan maqsad mazkur sohadagi faoliyatni yanada rivojlantirish, tizimda ishni to‘g‘ri va samarali tashkil etish, joylarda xotin-qizlar sohasidagi muammolarni yechish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tayinlangan mas’ul xodimlarning ko‘nikma va malakalarini oshirish ekanini ta’kidladi.

Yakunda tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Izoh qoldirish