3

Kuala-Lumpur shahrida diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar taqdimot qilindi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida “Muloqotdan – harakat sari: O‘zbekiston va Malayziya strategik hamkorlik yo‘lida” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. 

Davra suhbatida Malayziya Tashqi ishlar vazirligi, Davlat boshqaruvi milliy instituti, Diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti, Osiyo strategiyasi va yetakchilik instituti, Malayziya islom madaniyati institutining ekspetlari qatnashdi. 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakili tomonidan yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, fan-ta’lim, madaniyat, turizm va diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ijobiy o‘zgarishlar haqida ma’ruza qilindi. 

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Buning natijasida ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiluvchi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning 2024-yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi, ikki mamlakat rahbarlarining Toshkentda o‘tkazilgan yuqori darajadagi uchrashuvlardagi kelishuvlari ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. 

Tadbirda mamlakatimizning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi imkoniyatlari Malayziya turizm xizmatlari bozorida katta qiziqishga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. Malayziya Tashqi ishlar vazirligining Janubiy va Markaziy Osiy departamenti kotibi o‘rinbosari Kenedi Mayong Onon O‘zbekistonning turistik manzillari malayziyaliklar uchun yangi sayyohlik yo‘nalishi bo‘lishini qayd etdi. 

Davra suhbatida ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalaridagi hamkorligining bugungi holati va istiqbol rejalari muhokama qilindi. 

Manba: Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish