106

Yangi nashr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Nurislom Tuxliyev va Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti Turizm (Ziyorat turizmi) 3-kurs talabasi Shahlo Maksudovaning “Turizmda raqamlashtirish” nomli monografiyasi nashrdan chiqdi.

“Turizmda raqamlashtirish” nomli monografiya O‘zbekistonda raqamli turizm muammosiga bag‘ishlangan. Unda raqamli texnologiyalarda virtual turizm bozori, turizmda raqamli innovatsiyalarni amalga oshirish masalalari yoritilgan. Turizmni raqamlashtirish yo‘lidagi muammolar va to‘siqlar, raqamli turizmni rivojlantirishda davlat va xususiy sektorning roli hamkorligi, raqamli turizm sektori uchun kadrlar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratilgan. 

Monografiyadan doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, talabalar, shuningdek turizm sohasining raqobatbardoshligi masalalari bilan qiziquvchi kitobxonlar monografiya sifatida foydalanishlari mumkin.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish