475

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari “Kelajak liderlari” safida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi, viloyat hokimliklari hamkorligida respublikamizning barcha hududlarida iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh kadrlarni seleksiya qilish maqsadida “Kelajak liderlari” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan quyidagi 3 nafar faol yoshlarimiz klub a’zoligiga qabul qilindi:


Nigora Latipova – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti;

Manzura Sayfiddinova – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti;

Sevaraxon Karimova – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi.

“Kelajak liderlari” klubi a’zoligiga qabul qilingan talabalarimizga mas’uliyat va ishonch muborak bo‘lsin!

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish