42

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yosh faylasuflar” ilmiy-amaliy to‘garagi doirasida “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning nazariy-falsafiy asoslari’ mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbatida “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti Botir Valiyev hamda Shuxrat Rajabov, o‘qituvchi Moxira Jumaniyazova o‘zlarining fikrlari orqali bosh qomusimizning nazariy-falsafiy asoslariga e’tibor qaratdilar. 

Muloqot davomida yangi tahrirdagi Konsitutsiyamizning mazmun-mohiyatini anglash nechog‘lik zarur ekani, bugungi yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishida uning ahamiyati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar bilan tahlil etildi. Talabalar tomonidan bosh qomusimizga tegishli ma’lumotlar ham tinglandi. 

Suhbat so‘ngida ustozlar va talabalar tomonidan bildirilgan savolar-javoblar orqali mavzu yanada mustahkamlab qo‘yildi.

Izoh qoldirish