36

Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” shiori ostida o‘zaro kitob almashish marosimi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti v.b. Azamat Nazarov murabbiylik guruhi bo‘lgan “Psixologiya (Dinsotsiopsixologiyasi)” yo‘nalishi 3-kurs kechki ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan ushbu kitobxonlik targ‘ibot-tadbirida guruhining barcha talabalari faol qatnashib, mutaxassislik, badiiy va diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi asarlarni o‘zaro bir-birlariga sovg‘a qildi. Kitoblarda ijobiy tilaklar ham o‘z o‘rnini oldi. 

Tadbirga mehmon sifatida Akademiya psixologi, “Din psixologiyasi va dedagogika” kafedrasi professori v.b. Mirmuhsin Akramov ishtirok etdi.

Guruh kelgusida bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtrishda davom etadi va an’anaga aylatirib boradi.

Izoh qoldirish