Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Islomshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs talabalari ishtirok etdi.
Dars davomida 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgarishlarning muhim jihatlarini aks ettirgan taqdimot namoyish etildi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar ekspertlar tomonidan yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun gʻoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadam ekani ta’kidlandi.
Taqdimotni sharhlashda ishtirok etgan dotsent v.b. Saidafzal Saidjalolov, dotsent Dilafruz Karimova, dotsent Mirodil Haydarov va katta oʻqituvchi Mohira Jumaniyozovalar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning hayotimizdagi oʻrni, inson-jamiyat-davlat tamoyilining ahamiyati, har bir insonning salohiyatini roʻyobga chiqarishda muhim asos vazifasini oʻtashi, Yangi Oʻzbekistonni barpo qilish yoʻlida keng imkoniyatlar eshigini ochib bergani, unda milliy qadriyat va anʼanalarga, xususan, oilaviy qadriyatlar va insonlar tengligi masalasiga alohida eʼtibor qaratilgani haqida soʻz yuritdilar.
Dars interfaol uslubda tashkil qilinib, Konstitutsiyaviy bilimlarni mustahkamlash maqsadida talabalar bilan savol-javob tashkil qilindi.
Oʻziga xos trening shaklida tashkil qilingan muloqotda talabalar tomonidan Yangi Konstitutsiyaning vijdon va eʼtiqod erkinligi borasidagi 19-, 33-, 35-, 71- va 75-moddalar oʻzlashtirildi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish