111

Akademiyada “Trenerlar maktabi” loyihasi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilayotgan talabalar oyligiga bag‘ishlangan “Trenerlar maktabi” loyihasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Oriental universiteti talabalari ishtirok etdi. 

Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, “Trenerlar maktabi” loyihasi Yulduz Dosjanova kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Ishtirokchilar “Do‘ngpeshona”, “Marshmello”, “O‘chirg‘ich”, “Jadvali topshiriq”, “Keys vaziyat” hamda “Art-terapiya” kabi shartlar bo‘yicha bellashishdi. 

Yakunda ishtirokchilar taqdirlandi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish