127

O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirda fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gaipnazarov, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Raziya Matibayeva, Akademiya profilaktika inspektori Muhriddin Hikmatov va guruh tyutori Nigina Ruzimovalar ishtirok etishdi.

Davra suhbati O‘zbekistonning bag‘rikengligi, madaniyatlararo muloqot va jamiyatimizdagi ijtimoiy tenglik kabi muhim masalalarni yoritishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbirda ishtirok etgan spikerlar har biri o‘z sohalariga oid boy tajriba va bilimlarini talabalar bilan bo‘lishdi. Xususan, R.Gaipnazarov ajdodlarimiz asarlarida ijtimoiy bag‘rikenglikning talqinlarini ochib berdi, bu esa talabalar uchun tarixiy va madaniy nuqtai nazardan yangi qarashlarni shakllantiradi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish