Akademiyada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan bellashuvlar davom etdi
Avval xabar berganimizdek, yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika, voleybol, mini futbol, stol tennisi, stritbol kabi turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ham musobaqaning Toshkent shahar bosqichi “B” guruhi ishtirokchilarining o‘yinlariga yuqori saviyada mezbonlik qildi.
Kecha qizlar o‘rtasida sportning stritbol turi boʻyicha bahslar oʻtkazilgan edi. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda “Millat umidi” universiteti talaba yigitlari stritbol bo‘yicha bahs olib bordilar.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng mas’ullar tomonidan sportchilarga o‘yin qoida-mezonlari haqida tushuntirib o‘tildi.
Ta’kidlash joiz, mazkur bahslar oliy taʼlim muassasalari talabalarini sogʻlom turmush tarziga boʻlgan ijobiy munosabatni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Bellashuvda sportchi talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Yakunda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish