63

Adabiy gurunglar: zavqli suhbatlar, nafis mushoiralar minbari

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Adabiy gurunglar” loyihasi doirasida elimiz suygan shoir-yozuvchilar, qalam ahli sohiblari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar talaba yoshlarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 

Bugun “Adabiy gurunglar” loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuv “Shuhrat” medali sohibi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali muharriri Zebo Mirzayeva bilan o‘tkazildi.

Davra suhbatini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi Lola Azimova olib bordi.

Zebo Mirzayeva 1964-yil 15-dekabrda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Beshterak qishlogʻida tugʻilgan. ToshDUning oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 

Zebo Mirzoning “Tun malikasi” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990-yilda nashr etilgan. Shuningdek, shoiraning “Ajr”, “Nur kukunlari”, “Ishq” kabi sheʼriy kitoblari nashrdan chiqqan. Zebo Mirzo, shuningdek, “Rangin dunyo”, “Ijod maktabi”, “Siz va Siz uchun”, “Tundaliklar” kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyandalari hayoti va ijodi haqidagi madaniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hamdir.

Uchrashuvda Zebo Mirzayeva she’riyat, bugungi o‘zbek she’riyati haqida so‘z yuritdi. Shoiraning Vatan, ota-ona, mehr-muhabbat mavzudagi she’rlari davra ishtirokchilarning yurak-yuragigacha kirib bordi. Adabiyot, ijod, shoir ruhiyati haqida dildan suhbat qurildi.

Yakunda ijodkor talabalar bilan mushoira o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish