117

Akademiya “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan bellashuvlarga mezbonlik qildi

Ayni paytda yurtimiz boʻylab oliy taʼlim muassasalari talabalarini sogʻlom turmush tarziga boʻlgan ijobiy munosabatni rivojlantirish maqsadida hududlarda sportning yengil atletika, voleybol, mini futbol, stol tennisi, stritbol kabi turlari bo‘yicha musobaqalar oʻtkazilmoqda. 

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan bellashuvlarning Toshkent shahar bosqichi “B” guruhi ishtirokchilarining bahslariga Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi mezbonlik qildi.

Sportning stritbol turi boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda “Millat umidi” universiteti talaba qizlari bahs olib bordilar.

Bellashuvda talaba qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Yakunda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish