“Har bir davlat xizmatchisi – ma’naviyat targ‘ibotchisi”
Joriy yilning 6-8-noyabr kunlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda hokimliklarning zaxira kadrlarini siyosiy-maʼnaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid “Har bir davlat xizmatchisi – maʼnaviyat targʻibotchisi” mavzusida malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.
Mazkur seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Radikal va ekstremistik oqimlarga qarshi kurashning dolzarb vazifalari” mavzusida ma’ruza qildi.
Mazkur tadbirlarni tashkil etishdan maqsad jamiyatda ezgu qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va sogʻlomlashtirishga oid faoliyatda qatnashish, “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida jamiyatda uzluksiz maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etishga qaratilgan.
Shu bilan birga, ijtimoiy axloq va yangilanayotgan jamiyat, rahbar maʼnaviyati va kasb etikasi, maʼnaviy targʻibot taʼsirchanligini oshirish yoʻllari, milliy gʻoyaning Oʻzbekiston taraqqiyotdagi oʻrni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning holati, jamiyat barqarorligiga salbiy taʼsir etuvchi tahdidlar va ularni bartaraf etish ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish