156

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tahsil olayotgan, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hamda oʻz xohishiga koʻra “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzoligiga qabul qilingan yoshlar yangi oʻquv yilidagi oʻz faoliyatlarini boshladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Akademiya talabalari orasidan saralab olingan “Qalqon” guruhining koʻngilli yoshlari Akademiya va yotoqxona hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishda profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam berishadi.

Jamoatchilik guruhi faoliyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzurida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi R.Gʻoyibnazarov hamda profilaktika inspektori M.Xikmatov soʻzga chiqib, talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda “Qalqon” guruhining oʻrni va ahamiyatini taʼkidlab oʻtishdi.

Shuningdek, “Qalqon” guruhi aʼzolarining taklif va fikrlari eshitilib, ularga tegishli tavsiyalar berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish