158

Talabalar turar joyidagi sharoitlar o‘rganilishi davom etmoqda

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yangi 400 o‘rinli, yetti qavatli talabalar turar joyi talabalar ixtiyoriga topshirilgan.

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari Nigina Ro‘zimova va Dilxush Abduvaliyev mazkur TTJda bo‘ldilar.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, turar joyning ichki tartib-intizom qoidalariga to‘liq rioya etish holatlari o‘rganildi. 

Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalarning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, talaba-qizlarning o‘z iqtidorlari bo‘yicha turli xil to‘garaklarga jalb etishga alohida urg‘u berildi.

Bundan tashqari, mutaxassisliklari boʻyicha puxta bilim olishlari, koʻproq kitob oʻqishlari, fakultetda hamda TTJ da tashkil etilgan to‘garaklarda faollikni oshirib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari kerakligi bo‘yicha maslahatlar berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish