Ta’lim va tarbiya uzviyligi yoshlar kamolotiga xizmat qiladi
Bugun “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari” doirasida Akademiya rahbariyati hamda 1-bosqichga qabul qilingan talabalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Akademiya Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Yoshlar Ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Samimiy muloqotni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Ilyos Mirziyotov ochib berdi. Akademiya prorektori talabalik safiga qabul qilingan yoshlarni samimiy muborakbod etib, oʻqishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Soʻnggi yillarda yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada tizimli islohotlar, ulugʻ ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish va targʻib etishga boʻlgan saʼy-harakatlarga alohida eʼtibor qaratdi.
Muloqot davomida soʻzga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda Akademiyada olib borilayotgan taʼlim tizimi va oʻquv jarayonlari, ichki tartib-qoidalar va talaba-yoshlar sifatli bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi nafaqat yurtimiz, balki mintaqamizdagi eng nufuzli va sharafli oʻquv muassasasi hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida jamiyat rivojiga hissasini qoʻshadigan, oʻz sohasining malakali mutaxassislarini kamolga yetkazish ustuvor vazifa sanaladi.
Samimiy suhbat davomida masʼullar tomonidan talabalarga yaxshi taʼlim berish bilan cheklanib qolinmay, ularning tarbiyasi, xulqi-odobi boshqalarga oʻrnak boʻlishi kerakligi, bu borada Akademiya va ota-ona hamkorligi yoʻlga qoʻyilishi kerakligi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savolllar bilan murojaat qilishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish