Akademiyada “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zero, poklik, saranjom-sarishtalik, ozodalik yurtimizning yanada chiroy ochishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillik va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Unda yosh-u qari birdek ishtirok etib, asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadriyatlarimizni kelgusi avlodlarga yetkazishda xizmat qiladilar.
Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy yilning 24-25-avgust kunlari “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi tomonidan ham ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan davom etdi.
Umumxalq xayriya hasharida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari faol ishtirok etdilar. Ular oliy ta’lim muassasasi hududida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar. Dars xonalari yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirildi.
“Yaxshidan bog‘ qoladi”, deydi dono xalqimiz. Bugun ozod va obod yurtimiz yanada chiroy ochib borayotgan bir paytda undagi yangilanishlar, bunyodkorliklarni ko‘rib, beixtiyor har bir kishining ko‘zi quvnaydi, qalbi orom oladi. Chunki ona tabiatga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, uni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, e’zozlash inson bolasining go‘daklik paytidanoq unga uqtirilishi kerak. Uning ong-u tafakkurida o‘zi yashayotgan, buyuk ajdodlaridan qolgan ozod va obod Vatanni munavvar aylash, ko‘rkiga ko‘rk, chiroyiga chiroy qo‘shish birinchi galdagi vazifa bo‘lib turishi lozim.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish