Mehmonlarga Akademiyaning turizm salohiyati taqdim etildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro yoshlar turizm festivali” bo‘lib o‘tmoqda.
Festival dasturining birinchi kunida tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlar uchun Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek), Yunusxon maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.
Festival qatnashchilari “Manbalar xazinasi” bo‘limida ham bo‘lib, u yerda saqlanayotgan islom diniga oid nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar, “Usmon Mus’hafi” hamda “Langar Qur’oni”ning ko‘chirilgan nusxalari bilan tanishdilar.
Eslatib o‘tamiz, “Xalqaro yoshlar turizm festivali”ni tashkil etishdan maqsad mamlakatimizda chiqish va kirish turizmini rivojlantirish; mamlakatlar va universitetlar o‘rtasida madaniyatlararo almashinuv va aloqalarni rivojlantirish; barqaror turizm muammolari va imkoniyatlarini muhokama qilishga tajribali mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilish; turli mamlakatlardagi barqaror turizm tendensiyalarini tahlil qilishdan iborat.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish