Bir lahzani ham zoye qilmagan olim
ILM DARG‘ALARI
Imom Abu Zakariyo Navaviy milodiy 1233-yilda Damashqning Navo qishlogʻida tavallud topgan. U hayotining asosiy qismini Damashqdagi “Dorul hadis” madrasasida oʻtkazgan. Imom Navaviy 44 yoshida, milodiy 1277-yilda vafot etgan.
Imom Navaviy taqvodorligi, amirlarga pand-nasihat qilishi ham yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarishi bilan ajralib turgan. U Damashq shahri mevalarini yemagan. Boisi hukmdor tomonidan Damashqning vaqf yerlari tortib olingan va musodara qilingan edi. Uning hosilidan isteʼmol qilgan odam birovning haqini yegan boʻladi, deya istihola qilgan.
Imom Navaviy dastlabki bilimni oʻz yurtida oladi Qurʼoni karimni toʻliq yodlaydi. Uning ilmga boʻlgan muhabbatini koʻrgan otasi oʻn toʻqqiz yoshida tahsilni davom ettirishi uchun Shomdagi shayx Abdurrahmon ibn Ibrohim ibn Farkohning huzuriga yuboradi. Imom Navaviy bu yerda bir muddat bilim olgach, Ravohiya madrasasining shayxi, imom, faqih Kamoliddin Isʼhoq ibn Ahmad ibn Usmon Magʻribiy huzuriga boradi va umrining asosiy qismini shu madrasada oʻtkazadi.
Imom Zahabiyning “Tazkiratul huffoz” asarida: “Imom Navaviy kechayu kunduz, hatto yoʻlda ham bir lahzani zoye qilmas edi”, deyiladi.
U “Sahihi Muslim” asariga sharh yozgan boʻlib, mazkur sharh olimlar orasida shuhrat qozongan. Shuningdek, “Zavzatut tolibin”, “Al-Azkor”, “at-Tibyon fi odobi hamlatil Qurʼon”, “al-Majmu sharhul muhzib”, “Riyozus solihiy min kalomi Sayyidil mursalin” va “al-Arbaʼin” kabi asarlari bugungacha yetib kelgan.
“Riyozus solihiyn” (“Solihlar gulshani”) kitobida turli mavzularga oid 1896 ta hadis jamlangan. Kitob 372 bobdan iborat. Undagi hadislar, asosan, taʼlim-tarbiya, odob-axloq kabi mavzularni qamrab oladi.
Abdulkarim SAʼDIY,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi
Manba: “Hidoyat” jurnali 2024-yil, 2-son
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish