244

Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Lazizaxon Alidjanova va Nurulloh Turambetov boshchiligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun seminar mashg‘uloti doirasida Yevangel xristian baptistlar cherkovida sayyor dars tashkil etildi.

“O‘zbekistondagi noislomiy konfessiyalar” fani “Yevangel xristian baptistlar cherkovi faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda cherkov pastori tomonidan cherkov tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.

Seminar-mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish