“Kitobxonlik madaniyati mahallada shakllanadi”
MUNOSABAT
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi taʼsis konferensiyasi ishtirokchilarining mahallalar faollariga Murojaatida mahalla va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish hamda muammolarni mutasaddi tashkilotlar bartaraf etishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi, yoshlarning “onlayn qimor”, “tarmoqdagi oʻgʻirlik”, firibgarlik kabi illatlarga berilib, jaholat qurboniga aylanishiga yoʻl qoʻymaslik, toʻy-hashamlardagi dabdababozlik, isrofgarchilikka chek qoʻyish kerakligi borasidagi ishlarni jadallashtirishga chorlov bor.
Murojaatda mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari, “Mahalla nazorati” va “Keksalar maslahati” guruhlari, “Oqila ayollar” harakati aʼzolarini ezgulik va yaxshilikka daʼvat etib, bu ishga ortidan odamlarni ergashtira oladigan mahalla faollarni jalb etish zarurligi taʼkidlangan. Shu oʻrinda, xalqimiz sevib tomosha qilib kelgan “Suyunchi” filmidagi “qishloqning vijdoni” taxallusini olgan Anzirat buvi yodimizga keladi. Yoshlarga tarbiya berishda, mahallani obod qilishda, aholiga yordam koʻrsatishda va qoʻni-qoʻshnilar bilan axil-inoq boʻlishda ibrat boʻlgan edi.
Murojaatdan kelib chiqib, ayrim masalalarni taklif qilishni oʻrinli deb hisoblaymiz:
birinchidan, mahallada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish zarur. Aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazib, shu asosda har bir mahalla kutubxonasini turli mazmundagi kitoblar bilan boyitish mumkin;
ikkinchidan, oilaviy ajralishlarning oldini olish, ajrashish arafasida turgan va ehtimoli yuqori boʻlgan oilalar bilan ishlashda oila aʼzolarining yoshiga qarab, psixologik treninglarni tashkil etish zarur. Mazkur yoʻnalishda din psixologlarini keng jalb etish muhim hisoblanadi;
uchinchidan, mahallalarda milliy qadriyatlarni aholi va yoshlar onggiga singdirishda targʻibotning eng taʼsirchan usullaridan keng foydalanish zarur. Oʻzining milliy urf-odatini bilmagan kishini maʼnan barkamol odam deb boʻlmaydi;
toʻrtinchidan, aholini tashqi va ichki tahdidlardan asrash hamda unga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan amaliy tadqiqotlar oʻtkazish zarur. Mazkur tadqiqotlar aholining mafkuraviy immunitetini oshiruvchi laboratoriya vazifasini oʻtashi lozim. Masalan, mahallalarda joylashgan madaniyat maskanlari, kino uylari, maktab yoki boshqa muassasalarda taʼsirli film namoyishlarini tez-tez tashkil etish mumkin.
Munira QAHHOROVA,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi
Manba: “Mahalla” gazetasi 2024-yil 27-yanvar, 7-son
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish