Jamiyat hayotida xotin-qizlar faolligi
Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni jamiyatning teng huquqli, faol a’zosiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda joylarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, seminar-treninglar o‘tkazilyapti. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tdi.
“Inson qalbiga yo‘l” mavzusida tashkil etilgan treningda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra a’zolari hamda Akademiya talaba-qizlari ishtirok etdi. Tadbirda kafedra o‘qituvchilari Laylo Toirova hamda Feruza Rasulova mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.
Trening o‘qituvchilari yoshlar psixologiyasi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari haqida so‘z yuritishdi. Talaba-qizlarda o‘z shaxsi, xohishlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari, orzularini aniqlashtirish, amalga oshirish rejalarini birgalikda ishlab chiqish kerakligi ta’kidlandi.
Interfaol usul va metodlar yordamida o‘tgan tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish