258

Akademiyada Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengash majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Kengash raisi, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, rais o‘rinbosari, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, RTTM boshlig‘i hamda Axborot-resurs markazi rahbari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, 2023-2024 o‘quv yili 1-yarim yilligi bo‘yicha Yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish masalari ko‘rib chiqildi.

2023-2024 o‘quv yili qishki ta‘til davomida akademiya professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etiladigan o‘quv seminarlar xususida so‘z yuritildi. Kafedralarining 2023-yil bo‘yicha reyting indikatorlarini aniqlash uchun taqdim etilgan ma’lumotlar tinglandi. 

Shundan so‘ng 2022-2023 o‘quv yilida tashkil etilgan Yakuniy Davlat Attestatsiyasi xususida YDA raislarining hisobotini Akademiya kengashiga taqdim etish masalasi ko‘rib chiqildi.

2023-yil uchun kafedralar hisobotini shakllantirish hamda 2022-2023 o‘quv yilida bitiruvchilar bandligi ta’minlanishi monitoringi to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi.

Bundan tashqari, Akademiyada 2024-yil uchun Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga qabul qilingan talabgorlarni kafedraga biriktirish, tadqiqot mavzusi va ilmiy rahbarlarini shakllantirish hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan yaratilayotgan “O‘zbekistonda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashning tarixiy, diniy-ma’rifiy va psixologik asoslari platformasini yaratish” nomli ilmiy-amali loyiha muhokamasi eshitildi.

Majlis yakunida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Izoh qoldirish