240

Talabalar “Chor Bakr” tarixiy-me’moriy majmuasida bo‘lishdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi “turistik ta’til”i davomida Buxorodagi “Chor Bakr” tarixiy-me’moriy majmuasiga ekskursiyasi tashkil etildi. 

Talabalarga ziyoratgohning tarixiy ahamiyati, majmuaning barpo etilishi, mahalliy va chet ellik turistlarni jalb qilishdagi imkoniyati haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Mazkur ziyoratgohda to‘rtta buyuk avliyo – Hazrat Abu Bakr Sa’d Yamaniy, Hazrat Abu Bakr Homid, Hazrat Abu Bakr Muhammad ibn Fazl, Hazrat Abu Bakr Tarxon sharaflariga bu mavze Chor Bakr (to‘rtta Bakr) deb atalgan.

Izoh qoldirish