241

Akademiya professori xalqaro forumda ma’ruza qildi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Islom Hamkorlik Tashkiloti hamkorligida Samarqand viloyatida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston va Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga a’zo mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova ishtirok etib, “Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashning ma’naviy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi.

Mazkur forumning maqsadi – IHTga a’zo davlatlarda davlat va jamiyatning rivojlanishida xotin-qizlarning ishtiroki yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashish hamda yangi g‘oya va takliflarni ilgari surish, shuningdek, yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xalqaro hamjamiyatga yetkazishdan iborat.

Mazkur forumda IHTga a’zo mamlakatlardan hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari ham qatnashmoqda.

Izoh qoldirish