260

Termiz davlat universitetida “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Termiz davlat universitetida O‘zbekiston oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda yurtimizdagi 150 ta OTMdan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza Shoaliyeva ham ishtirok etmoqda.

Seminarda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar, ularning erishayotgan yutuqlarini mamnuniyat bilan e'tirof etishdi.

Ushbu seminarga respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari tashrif buyurgan bo‘lib, seminar davomida ishtirokchi moderatorlar tomonidan “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash”, “Milliy libos – millat ko‘zgusi”, “Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini tashkil etish”, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar qamrab olindi. Muhokama va mulohazalar yuritildi.

Seminar doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Izoh qoldirish