281

Travel jurnalistikadan amaliy dars

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Bahodir Jovliyev tomonidan “Travel jurnalistika” fani doirasida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. 

O‘quv darsi “Yoʻl ocherkida jurnalist masʼuliyati va kasb odobi” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashgu‘ulot mobaynida Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Hovand Tohur hamda Toʻlabek (Qaldirgʻochbek) maqbaralariga ziyorat hamda mahorat darsi tashkil etildi. 

Dastlab majmua nazoratchisi Otamurod Tursunov talabalarga ziyoratgoh haqida malumot berdi.

Amaliy mashg‘ulotda dunyo bo‘yicha sayyohlik yo‘nalishi jadal rivojlanib borayotgani, yurtimizda ham ziyorat turizmi sohasiga e’tibor ortib borayotgani ta’kidlandi.

Bahodir Jovliyev bu jarayonda soha mutaxassislari bilan bir qatorda mazkur sohani yoritadigan, ma’lumot beradigan jurnalistlarga talab ham ortayotganini qayd etdi. Sayyohlik jurnalistikasiga oid ma’lumotlar, xususan, ocherk janrining yo‘l ocherki turiga to‘xtaldi.

Yo‘l ocherkining yozish tartibi, uslubi, qonun-qoidalari, jurnalist nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida so‘z yuritildi.

Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda ziyoratga kelgan xorijiy sayyohlardan ilk intervyular uyushtirishdi. Dars yakunida talabalarga yo‘l ocherki yozish bo‘yicha amaliy topshiriq berildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish