253

Akademiya vakillari Buxorodagi ta’lim forumida ishtirok etmoqda

Ayni paytda Buxoro viloyatida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” o‘tkazilmoqda.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov ishtirok etyapti.

Mazkur tadbir davlatimiz rahbarining joriy yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sa’y-harakatlarni birlashtirish, erishilgan natijalarni o‘rtoqlashish, turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchi va talaba almashinuvi kabi masalalarda fikr almashish hamda buning uchun doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muhokama platformasini tashkil qilish maqsadida o‘tkazildi.

Dastavval ishtirokchilar – yurtimizdagi 11 ta oliy ta’lim muassasasi rektorlari, prorektorlari, turizm sohasi mutaxassislari Bahouddin Naqshbandiy majmuasini ziyorat qilishdi. Mehmonlar shayx Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohida yangi marralar, ezgu maqsadlarning xayrli ijobati uchun duoga qo‘l ochishdi.

Shundan so‘ng Kogon tumanida “Kogon tumanining turizm salohiyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida “Turizm sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va transformatsiya qilish yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati ham o‘tkazildi.

Forum ishi davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish