Xalqaro hamkorlik aloqalari muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Germaniyaning “Cultur-Cooperation e.V.” nomli tashkiloti ijrochi direktori Ketlin Gyobel tashrif buyurdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.
Ketlin Gyobel kuni kecha muddatidan ilgari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Hurmatli mehmon Prezidentlik saylovi xalqaro standartlarga toʻliq mos holda oʻtganini qayd etdi.
Muloqot davomida O‘tkir Hasanboyev tomonidan mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. So‘nggi yillarda islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish yangi bosqichga ko‘tarilgani e’tirof etildi.
O‘z navbatida Ketlin Gyobel so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Samimiy suhbat davomida turli sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama sheriklikni yanada mustahkamlash kerakligi ta’kidlandi.
Muloqot yakunida hurmatli mehmonga esdalik sovg‘asi topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish