Akademiyada “Baxtli bo‘lish sirlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Yurtimizda inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oila, ayollarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarmoqda. Ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish hayotimizning ma’no-mazmuni, asosiy maqsadiga aylandi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishiga erishish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta’minlash bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Baxtli bo‘lish sirlari” mavzusida seminar o‘tkazildi. “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Akademiya psixologi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Shoira Do‘stmuhamedova, kafedra mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqei, qizlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida faollikni oshirish, ma’naviy fazilatlarini yuksaltirish, milliy tafakkurni shakllantirish kabi masalalar haqida so‘z yuritishdi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan trening davomida qizlarning o‘qishi, oilada duch kelayotgan muammolari, ularni bartaraf etish borasida amaliy tavsiyalar berildi. Qizlarning muvaffaqiyatga erishish uchun qanday jihatlarga e’tibor berish kerakligi, ularni ta’lim, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish, qiyin vaziyatlarda psixologik ko‘mak berish borasida maslahat berildi.
Yakunda talabalar mazmunli o‘tgan tadbir uchun ma’ruzachilarga minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish