582

Sport – salomatlik garovi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish maqsadida spartakiada musobaqalari o‘tkazildi.

Ishtirokchilar sportning futbol, voleybol, stol tennisi, oilaviy estafeta, shaxmat va shashka kabi turlari bo‘yicha kuch sinashdilar. Voleybol o‘yinlarida Akademiya professor-o‘qituvchilaridan tuzilgan ayollar jamoasi “Ziyo-Zukko” umumta’lim maktabi o‘qituvchi-xodimalari ustidan zafar quchdi. Shundan so‘ng, Akademiya xodimlari o‘rtasida futzal o‘yinlari yuqori sur’atda o‘tkazildi. Yakunda Islomshunoslik fakulteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan erkaklar o‘rtasidagi o‘yinlarda akademiyaning 35 nafar professor-o‘qituvchisi ishtirok etib, unda 1-o‘rin “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchisi Muxtor Nazirovga, ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa g‘oliblik “Chet tillari” kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Jumayevaga nasib etdi.

“Oilaviy estafeta” o‘yinlarida “Gʻalaba” jamoasiga teng keladigan jamoa topilmadi. Sovrindorlar Akademiya rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish