345

Malaka oshirish tinglovchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. 

Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur tadbirlar rejasiga muvofiq, tinglovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasi faoliyati va u yerda saqlanayotgan noyob kitoblar mazmuni bilan tanishishdi. Shuningdek, Akademiya hududida joylashgan “Yunusxon”, “Shayx Xovandi Tohur” va “Qaldirg‘ochbiy” maqbaralarini ziyorat qilishdi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish