352

Deputat va Tyutorlar uchrashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida faoliyat olib borayotgan tyutorlar ishtirokida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida Deputat va Tyutorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Akademiya kafedra mudiri, Shayxontohur tumani kengashi deputati, tarix fanlari doktori Ne’matilla Muhamedov tomonidan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan ishlashning yangi mexanizmi yaratilgani, bunda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tyutorlar yoshlar bilan yaqindan suhbatlashishi, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ko‘makchi bo‘lib kelayotgani borasida fikr yuritildi. 

Ayniqsa, talabalarning siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, Vatan taraqqiyoti va rivojiga munosib hissa qo‘shib, dahldorlik hissini oshirish zarurligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, tyutorlar ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi kerak ekani bildirildi. Bilimli yoshlar — kelajak bunyodkori bo‘lganidek, yoshlar ta’lim-tarbiyasida nafaqat oliygoh va ota-onalar balki, jamoat tashkilotlarining ham tutgan roli muhim. Shu nuqtayi nazardan, o‘tkazilgan uchrashuvda ham kelajak bunyodkorlarini kamolga yetkazishda uzviy hamkorlik muntazamlik kasb etishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish