Talabalar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
Ayni paytda yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Mustaqillik darsi” o‘tkazilib, shahrimizning madaniy-ma’rifiy joylariga amaliy sayohatlar tashkil etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 1-bosqich talabalari uchun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda talabalarga Adiblar xiyobonining tashkil etilishi, taniqli ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchiligimiz tarixidagi tutgan o‘rni, allomaning ilmiy merosi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, kun davomida talabalar Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida ham bo‘lishib, qadimiy kulolchilik mahsulotlari, matolar, tangalar, sanʼat asarlari, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va boshqa turli-tuman eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarga yurtimiz tarixi, uning dunyo sivilizatsiyasidagi tutgan o‘rni haqida ma’lumot berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish