401

Akademiya vakillari ko‘rgazmada ishtirok etdi

Innovatsion rivojlanish vazirligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan loyihalarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan muhim ilmiy natijalari – yangi ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazma Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonuniga asosan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish maqsadida tasarrufida ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar o‘rtasida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bir guruh vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan turli mavzulardagi ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish