![](https://iiau.uz/storage/f2/b5/e9/4309/conversions/sayt-large.jpg)
Akademiya “Zakovat” intellektual o‘yinlarining final bosqichi yakunlandi
2021-yil oktabr oyida Akademiya rektori tomonidan “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida talabalar oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar reja-dasturi” tasdiqlandi va “Zakovat” turniriga start berildi.
![](https://iiau.uz/storage/b0/52/e2/4303/conversions/6-xl.jpg)
2021-yilning noyabr-dekabr hamda 2022-yilning yanvar-may oylari davomida haftaning har shanba kunlari muntazam ravishda “Zakovat” o‘yinlari tashkil etildi. Shuningdek, “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”, “Navro‘z bayrami”, Sohibqiron Amir Temur tavalludi va “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Zakovat” turnirining bayram sonlari o‘tkazildi.
![](https://iiau.uz/storage/b9/0b/a8/4302/conversions/3-xl.jpg)
Bugungi kungacha o‘tkazilgan 18 ta tur o‘yinlarida jami 15 tadan 28 tagacha bo‘lgan jamoalar g‘oliblik uchun bellashdilar.
2022-yil 16-iyun kuni “Zakovat” intellektual o‘yinlarining final bosqichi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 1-o‘rin – “Masters” jamoasi 5 million so‘m, 2-o‘rin –“Pragmatik” jamoasi 3 million so‘m hamda 3-o‘rin – “Alif” jamoasi 2 million so‘m pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
![](https://iiau.uz/storage/7e/88/9f/4304/conversions/4-xl.jpg)
![](https://iiau.uz/storage/d6/cf/4d/4305/conversions/5-xl.jpg)
![](https://iiau.uz/storage/b0/35/d6/4306/conversions/9-xl.jpg)
![](https://iiau.uz/storage/38/08/7d/4307/conversions/10-xl.jpg)
![](https://iiau.uz/storage/8c/b9/4e/4308/conversions/8-xl.jpg)
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
![](https://iiau.uz/images/2020/08/15/s-lotin__1191x842.jpg)
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
![](https://iiau.uz/img/logo_footer.png)
Izoh qoldirish