Endi mahalla tizimida uch yillik stajga ega boʻlganlar tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadi
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy taʼlim muassasalarida “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun sirtqi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.
Mazkur sirtqi taʼlim shakli doirasida:
oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi:
kadrlar tayyorlash boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari, fan dasturlarini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Milliy universiteti tayanch OTM hisoblanadi;
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega boʻlgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari talabalikka tavsiya etiladi;
tavsiyanoma asosida oʻqiyotgan talabalar oʻqishini boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga koʻchirishga ruxsat berilmaydi.
Tavsiyanomalar, jumladan, quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
egallab turgan lavozimida soʻnggi bir yil davomida faoliyat yuritayotganligi;
mahalla tizimida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlganligi;
faoliyat yuritayotgan fuqarolar yigʻini reyting koʻrsatkichi boʻyicha “namunali” deb topilganligi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish